AsosiyJamiyat

2019 yilda viloyatlar tarixida bo`lmagan yuqori texnologiyaga asoslangan 1200 ta murakkab operasiyalar o`tkazildi

'2019 yilda viloyatlar tarixida bo`lmagan yuqori texnologiyaga asoslangan 1200 ta murakkab operasiyalar o`tkazildi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash tizimida ixtisoslashgan tibbiy yordam ko`rsatish borasida 2019 yilda keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. 

Jumladan, qo`shimcha cakkizta respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari (onkologiya va radiologiya, neyroxirurgiya, travmatologiya va ortopediya, allergologiya, nevrologiya va insult, nefrologiya va buyrak transplantasiyasi, narkologiya, bolalar xirurgiyasi kabi yo`nalishlarda) tashkil qilinib, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlar soni 18 taga etdi.

Hozirgi kunda davlatimiz rahbarining ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan olis hududlarni qamrab olish borasidagi topshiriqlari bo`yicha hududlarda respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarning 17 ta filiallari ishga tushirildi, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari tarkibida qariyb 6600 o`ringa muljallangan 310 ta ixtisoslashtirilgan bo`limlar tashkil qilindi.

2019 yil davomida hududlarda 2000 dan ortiq jarrohlik operasiyalari o`tkazildi.

Shundan 1200 ga yaqini xali viloyatlar tarixida bo`lmagan yuqori texnologiyaga asoslangan murakkab operasiyalardir. Hududlarda ham kardioxirurgiya xizmati rivojlanib, hududlarda 10 ta rentgenendovaskulyar bo`limlari faoliyat ko`rsatmoqda, 8 ta viloyatda kardioxirurgik operasiyalar o`tkazilmoqda. Shuningdek, hududlarda yangi 174 ta diagnostik va 264 ta yangi davolash usullari joriy etildi, telemedisina orqali 800 dan oshiq onlayn konsultasiyalar o`tkazildi.

 

    Boshqa yangiliklar