AsosiyJamiyat
7328

Joriy yil III chorakdan boshlab maktablarda fanlar ixtiyoriy o`qitiladi

'Joriy yil III chorakdan boshlab maktablarda fanlar ixtiyoriy o`qitiladi'ning rasmi

Xalq ta`limi vaziri buyrug`i bilan 2020 yilning uchinchi choragidan boshlab, 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o`qitiladi. Mazkur tajriba-sinov o`quv yili yakuniga qadar o`tkaziladi. Bu haqda xalq ta`limi vazirligi axborot berdi.

Xabarda aytilishicha, 2020 yilning yanvaridan boshlab, 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o`qitila boshlaydi. Mazkur tajriba-sinov o`quv yili yakuniga qadar o`tkaziladi.

Shuningdek, o`quv yilining uchinchi choragidan boshlab, umumiy o`rta ta`lim maktablarida variativ (o`zgaruvchan) o`quv rejalari ham tajriba-sinovdan o`tkaziladi. Tanlov sinfida o`qish uchun xorijiy til va filologiya yo`nalishi, moliya – iqtisod, texnologiya, tabiiy fanlar hamda ijtimoiy-gumanitar yo`nalishlari tavsiya etiladi. Variativ o`quv rejalarining joriy etilishi natijasida 10- va 11-sinflarda o`qiladigan majburiy fanlar soni 15 tadan 8 taga kamayadi.

O`quv rejasini tajriba-sinovdan o`tkazish jarayonida ona tili va adabiyot, o`zbek va rus tili, chet tili, tarix, matematika, informatika, ma`naviyat asoslari (tarbiyaviy dars) hamda jismoniy tarbiya fanlari majburiy o`qitiladi.

Yangi tizim orqali o`quvchilar maktabning o`zida oliy ta`lim muassasasiga kirish imtihoniga tayyorlanishadi.

Mazkur tizim o`quvchilarning repetitorga bo`lgan ehtiyojini kamaytirib,  vaqti hamda ota-onalarning mablag`larini tejashga yordam beradi. Kam ta`minlangan oila farzandlari uchun ham OTMga bepul tayyorgarlik ko`rish imkoni yaratiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar