AsosiyJamiyat

“Matiz” urib ketgan o`quvchi kasalxonada vafot etdi

'“Matiz” urib ketgan o`quvchi kasalxonada vafot etdi'ning rasmi

2020 yil 01 yanvar kuni soat 01.25 da, Uzun tumani “Tojikobod” mahallasi hududidan o`tuvchi ichki yo`lda YTH sodir bo`ldi, deya xabar berdi Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati. 

Shu mahallada yashovchi S.F. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasi bilan yo`lni o`ngdan chapga kesib o`tayotgan piyoda, shu mahallada yashagan, tumandagi 18-sonli maktab o`quvchisi, A.R.ni turtib yuborgan. 

Natijada A.R. “hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir” tan jarohati olib kasalxonaning jonlantirish bo`limida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan 01 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi  2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar