AsosiyJamiyat

2020 yilda O`zbekistonda 18 ta OTM faoliyati yo`lga qo`yiladi

'2020 yilda O`zbekistonda 18 ta OTM faoliyati yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Oliy va o`rta maxsus vazirligi matbuot xizmati Oliy ta`lim qamrovini oshirish va ta`lim sifatini yaxshilash borasida amalga oshiriladigan loyihalarni ma`lum qildi. Unga ko`ra 2020 yilda:

1. 18 ta yangi oliy ta`lim muassasasi faoliyati yo`lga qo`yiladi:

* 10 ta mahalliy oliy ta`lim muassasasi;

* 3 ta xorijiy oliy ta`lim muassasasi;

* 5 ta davlat–xususiy sheriklik shartlari asosida.

2.  Qo`shma ta`lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash ikki martaga oshiriladi.

3. 18 ta yangi OTM tashkil etilishi va qo`shma ta`lim dasturlari kengaytirilishi natijasida yoshlarni oliy ta`lim bilan qamrovi 25 foizga etkaziladi.

4.  Muhandislik-texnik ta`lim yo`nalishlari bo`yicha qabul parametrlari ulushi 28 foizga ko`paytiriladi;

5. Bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bitiruvchilaridan magistratura mutaxassisliklariga qabul qilingan talabalar ulushi 10 foizga oshiriladi.

6.  Xorijiy tajribalar asosida talabalarda amaliy ko`nikmalarni shakllantirish maqsadida OTMlarda o`quv jarayoni kredit-modul tizimida takshil etilib, ta`lim jarayonlarini elektron ta`lim boshqaruv tizimi orqali nazorat qilish joriy etiladi

    Boshqa yangiliklar