1

Komiljon Allamjonov: "Agentlik fuqaro bloger bilan bog`liq sud qaroriga ta`sir ko`rsatishga haqli emas"

Jamiyat 03.01.2020, 21:17
Komiljon Allamjonov: "Agentlik fuqaro bloger bilan bog`liq sud qaroriga ta`sir ko`rsatishga haqli emas"

Asaka tumani hokimi Erkinjon Yakubov, tumandagi 27-maktab direktori M.Isaqova va Andijon viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i F.Buzrukovlar O`zbekiston IIVning ishonch telefoniga murojaat qilib, Facebook ijtimoiy tarmog`i orqali Otabek Nuritdinov nikli akkaunt foydalanuvchisi ularni obro`sizlantiruvchi, shaxsiyatini sharmanda qiluvchi, haqoratli uydirmalar hamda tuhmat va bo`xtondan iborat ma`lumotlarni tarqatganligini aytib, qonuniy chora ko`rishni so`rashgan.

Prokuratura xabariga ko`ra, Nuritdinov sudda aybiga iqror bo`lmagan bo`lsada,  ish bo`yicha to`plangan dalillar majmui bilan o`z isbotini topgan.

Sud qaroriga ko`ra, A.Nuriddinov Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli, deb topilib, unga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 34-moddasi tartibida uzil-kesil o`tash uchun 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

2020 yil 3 yanvar kuni huquqbuzar A.Nuriddinov tomonidan Andijon viloyati ma`muriy sudiga shu sudning 2019 yil 30 dekabrdagi qarori ustidan kassasiya tartibida shikoyat keltirilgan bo`lib, ushbu shikoyat asosida A. Nuriddinovga oid ma`muriy ish viloyat sudining kassasiya instansiyasida ko`rish uchun rasmiylashtirilgan.

Mazkur ma`muriy ishni kassasiya tartibida ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud majlisi 2020 yil 4 yanvar kuni soat 11.00 ga tayinlanganligi ma`lum qilingani haqida xabar bergan edik.

 Axborot va ommaviy kommunikasiya agentiligining direktori Komiljon Allamjonov quyigacha baholadi.

Bizning agentlik fuqaro Abdufatto Nuritdinov bilan bog`liq sud qaroriga ta`sir ko`rsatishga haqli emas. Aybdor tomon sud qaroridan norozi bo`lsa, kassasiya tartibida yuqori turuvchi sud instansiyasiga murojaat qilishi mumkin.  

Ushbu holat tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum etish normasini tezroq bekor qilishni  taqozo qiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1