Toshkentda 44 yoshli erkak qasddan o`ldirildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Aniqlanishicha, 2020 yil 11 yanvar kuni soat 12:10 larda Bektemir tumani, TXAY ko`chasidagi “Toshkent qishloq xo`jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ hududida 1965 yilda tug`ilgan A.I. tanishi, 1975 yilda tug`ilgan A.A. bilan yuk tushirish va ortish uchun mijoz talashib qoladi.
Shundan so`ng o`zaro janjallashib, A.I. yonida bo`lgan oshxona pichog`i bilan A.A.ning chap ko`krak sohasiga bir marotaba urib, qasddan o`ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan A.Ismoilovga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ayni paytda aybdor ushlangan.






