Qashqadaryo viloyati G`uzor tumani Mehnatobod MFYda joylashgan xonadonda mana ikki yilki elektr energiyasi mavjud emas. Bu haqda Keshnewsga kelib tushgan G`uzorlik ikki nafar farzandning onasi bo`lgan fuqaro tomonidan qilingan murojaatda aytilgan.
Xonadonga yaqin hududdan elektr toki etkazuvchi simyog`ochlar o`tkazilmagani bois farzandlari kechalari dars qila olishmaydi yoki faqat shamchiroq shulasida dars tayyorlashadi.
Sayyor qabullarda ham ushbu masalani bir necha bor ko`targan bo`lsada, masala hal etilmasdan qolayotganligi aytilgan.
Biz ham ayni paytda mas`ullardan holatga nafaqat izoh, balki ijobiy echim ham kutib qolamiz.