Aktrisa Luiza Rasulovani Elshod B. ismli o`zini usta deb tanishtirgan fuqaro aldab ketdi. Bu haqda "Jahon.uz" xabar qildi.
Ma`lum bo`lishicha yigit xonanda Rayhonning uyiga mebel yasab berganman deb aktrisaning ishonchiga kirgan. Shu tariqa Luiza Elshodga Chilonzor tumanida joylashgan uyiga mebel yasattirishga rozi bo`lgan. Buning uchun aktrisa unga 3 ming AQSh dollari bergan. Elshod ushbu pullarni o`z ehtiyoji yo`lida ishlatib yuborgan.
Shundan so`ng aktrisa IIBga murojaat qilishga majbur bo`lgan. Hozirda avval ham firibgarlik jinoyatini sodir etgan Elshodning ishi Jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudida ko`rib chiqilmoqda.
13.01.2020 19:35
Luiza Rasulovani firibgar aldab ketdi
