2020 yilning 9 yanvar kuni soat 02:25 larda muqaddam sudlangan 23 yoshli X.U. qo`shma korxonada o`zi bilan birga ishlab kelayotgan tanishi 25 yoshli Sh.N. bilan o`zaro tortishib qolib, o`rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida, dala maydonida o`zining yonida bo`lgan pichoq bilan Sh.N.ni tanasining ko`krak qafasi orqa yuzasiga bir necha marotaba zarba berib tan jarohati etkazgan.
Dastlabki tibbiy ma`lumotnomaga ko`ra Sh.N.ning tanasida “chap tomon ko`krak qafasiga teshib kirgan jarohati” borligi ko`rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.