AsosiyJinoyat

“Chinor”YPX maskanida qalbaki dollar aniqlandi

'“Chinor”YPX maskanida qalbaki dollar aniqlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati IIBB YHXBga qarashli “Chinor” muntazam yo`l patrul xizmati maskanida joriy yilning 13 yanvar kuni xizmat olib borayotgan Toshkent viloyati IIBB YHXB YPX inspektori Ya.Toshev  Angren shahridan Namangan viloyati tomoniga harakatlanib kelayotgan  “Neksiya” rusumli avtomobilni to`xtatib tekshirdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

YPX inspektori, haydovchi V.A bilan birgalikda avtomobil yukxonasini ko`zdan kechirgan vaqtida u erda boshqa transport vositasiga tegishli bo`lgan davlat raqam belgisi borligini aniqladi.

Haydovchidan so`ralganda, bu davlat raqam belgisi korxonasiga qarashli yuk avtomobiliga tegishli ekanligini aytdi.

Shundan so`ng, xodimlar avtomobil salonidagi yo`lovchilar bilan suhbatlashib, ularning hujjatlarini tekshirayotganda yo`lovchilardan biri o`zini g`alati tuta boshlaydi. Bu holat sinchkov xodimlar e`tiboridan chetda qolmadi. Guvohlar ishtirokida ushbu yo`lovchi to`liq tekshirilganida 1200 AQSh dollarini olib ketayotganligi aniqlandi. Dollarlar xodimlarda shubha uyg`otganligi sababli tezkor xizmat vakillari bilan birgalikda tekshirilganda ushbu dollarlar qalbaki ekanligi aniqlandi.

Avtomobil, yo`lovchilar va ulardan olingan ashyoviy dalillar bilan birgalikda Oxangaron tuman IIO FMBga topshirildi. Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

       

    Boshqa yangiliklar