AsosiyJinoyat

Farg`onada telefon o`g`irlab qochgan shaxs voqea joyida qo`lga olindi

'Farg`onada telefon o`g`irlab qochgan shaxs voqea joyida qo`lga olindi'ning rasmi

Farg`ona viloyatining Qo`qon shahridagi "Istiqlol" savdo majmuasida fuqaroning cho`ngagidagi uyali aloqa vositasini o`g`irlab, qochib ketmoqchi bo`lgan shaxs IIV xodimi tomonidan ushlab qolindi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha 2020 yil 4 yanvar kuni Qo`qon shahar Shig`ovul ko`chasida yashovchi uy bekasi, A.X Ichki ishlar bo`limiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda 2020 yil 3 yanvar kuni Qo`qon shahrida joylashgan “Istiqlol” savdo kompleksi hududida yurganida Qo`qon shahrida yashovchi X.A egnidagi kurtkasining o`ng cho`ntagida bo`lgan narxi 600 000 so`mlik “SAMSUNG” rusumli uyali telefonini o`g`irlagani, o`g`ri  voqea joyidan qochib ketmoqchi bo`lganida, shu hududda xizmat olib borayotgan IIB xodimi uni ushlab qolgani va telefonini qaytarib olib bergani haqida yozgan. 

IIB tomonidan X.Aga nisbatan O`z.R. JKning 25,169-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.

Boshqa yangiliklar