Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dizayner Nariman Grigoryan qasddan o`ldirilganligi holati yuzasidan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov davomida jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo`llanildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Ish bo`yicha haqiqatni aniqlashga to`sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Tergov yakuni bo`yicha batafsil axborot beriladi.
Eslatib o`tamiz, 14 yanvar kuni soat 11:50 larda Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga Yashnobod tumani, Chigil ko`chasida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan, ushbu xonadonda ijarada istiqomat qilib kelgan 1985 yilda tug`ilgan Nariman Grigoryanning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgani haqida xabar kelib tushgan.