AsosiyJinoyat

Qalin tuman sababli 5 ta transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Qalin tuman sababli 5 ta transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining xabar berishicha, shu yilning 18 yanvar kuni soat 11:00larda Farg`ona viloyatining Bog`dod tumanida yo`l-transport hodisasi ro`y berdi. Bu haqda Postda.uz nashri xabar berdi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Farg`ona halqa avtomobil yo`lida qalin tuman tushishi va oqibatda ko`rish darajasi pasayganligi sababli 4R 112 “Farg`ona halqasi” avtomobil yo`lining 289-kilometrida haydovchi Buvayda tumanida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan Yu.N. otasiga tegishli “Kamaz-5511” rusumli yuk avtomobilini burilib olish joyidan burayotgan vaqtida, qarama-qarshi yo`nalishdan harakatlanib kelayotgan 4 ta “Neksiya” rusumli transport vositalari yuk avtomobiliga kelib urilgan.

Natijada “Neksiya” avtomobillarining uch nafar yo`lovchisi va bir nafar haydovchisi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. Yana bir yo`lovchi olgan tan jarohati oqibatida kasalxonada vafot etgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, yo`l harakati ishtirokchilaridan yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga amal qilishlarini, respublikamiz hududida ob-havo sharoitining keskin o`zgarishi, ayrim hududlarda qor yog`ishi va avtomobil yo`llarida muzlamalar hosil bo`lishi, qalin tuman tushishi sababli yo`llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishini inobatga olib hushyorlik bilan harakat qilishlarini so`rab qoladi.

 

    Boshqa yangiliklar