1

Shavkat Mirziyoev o`z deputatlik davri haqida so`zlab berdi

Siyosat 20.01.2020, 13:51
Shavkat Mirziyoev o`z deputatlik davri haqida so`zlab berdi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirokida Qonunchilik palatasining birinchi yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Dastavval, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri va uning o`rinbosarlari saylab olindi.

 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Parlamentga murojaati eshitildi.

Deputatlar so`zga chiqdi.

Shundan so`ng, davlat rahbari deputatalardan: "Tayyorgarliksiz biror takliflar bo`lsa aytinglar, bo`lmasa xozir spiker yig`ilishni yopadi, keling, hech qanday rasmiy nutqsiz, o`tirgan o`rningizdan erkin muloqot qilamiz, menga qanday taklif yoki savollaringiz bor?" — deya taklif bildirdi. 

Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Alisher Hamroev o`z maqsad va harakatlari, ishlash prinsiplari haqida gapirdi va davlat rahbarining deputatlik davridagi faoliyatiga qiziqish bildirdi. Unga javoban Shavkat Mirziyoev “Biz deputat bo`lgan davrlarni orzu ham qilmang!" deya, bugungi demokratik davr tush bo`lganligini aytdi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1