AsosiyJinoyat

Asakada juda ko`p miqdordagi dizel yoqilg`isini talon-toroj qilish holati aniqlandi

'Asakada juda ko`p miqdordagi dizel yoqilg`isini talon-toroj qilish holati aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo`limi tomonidan 121,7 mln. so`mlik dizel yoqilg`isini talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Andijon davlat o`rmon xo`jaligining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, o`rmon xo`jaligining Asaka tuman bo`limi omborchisi K.M. o`ziga ishonib topshirilgan umumiy narxi 121,7 mln. so`mlik 19,8 ming. litr dizel yoqilg`isini rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar