Bu haqda TIV Konsullik-huquqiy departamenti axborot berdi.
Mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasining ma`lumotiga ko`ra 2020 yil 21 yanvar kuni Tomsk viloyati Prichulimskiy posyolkasida sodir bo`lgan yong`in oqibatida halok bo`lgan barcha 10 nafar O`zbekiston fuqarolarining shaxsi aniqlandi. Avvalroq ulardan 9 nafarining shaxsi aniqlangandi.
Boymurodov Keldiyor Kandiyorovich, 16.11.1987 y.da tug`ilgan;
- G`aybulloev Ramziddin Mexriddin o`g`li, 12.06.1998 y.da tug`ilgan;
- Zakirov Mammadali Zakir o`g`li, 03.03.1998 y.da tug`ilgan;
- Mo`minov Xurshid Mehriddin o`g`li, 28.12.1997 y.da tug`ilgan;
- Murtazoev Shahzod Sanjar o`g`li, 24.12.1999 y.da tug`ilgan;
- Norov Mexriddin G`aybullaevich, 26.11.1966 y.da tug`ilgan;
- Hasanov Bunyod Karim o`g`li, 18.04.1994 y.da tug`ilgan;
- Hasanov Umid Karimovich, 25.07.1979 y.da tug`ilgan;
- Elmurodov Temur Damir o`g`li, 22.04.1994 y.da tug`ilgan;
- Ergashev Hoshimjon O`tkir o`g`li, 26.06.1999 y.da tug`ilgan.
Quyidagi hamyurtlarimizga tibbiy yordam ko`rsatilib, mutaxassislar kasalxonada davolanishga zarurat yo`qligini qayd etdilar:
- Norov Mirzohid Sadullaevich, 20.04.1986 y.da tug`ilgan;
- Rahimov Dilshod Rahim o`g`li, 01.11.1994 y.da tug`ilgan.
Turli masalalarni tezkor hal etish uchun Bosh konsulxonaga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin: +7-905-946-40-20 (Sherzod Polvonov, Telegram, Imo, WhatsApp).
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildiradi va Rossiyaning Sibir federal okrugi (Altay Respublikasi, Buryatiya Respublikasi, Tiva Respublikasi, Xakasiya Respublikasi, Altay o`lkasi, Zabaykal o`lkasi, Krasnoyar o`lkasi, Irkutsk viloyati, Kemerovsk viloyati, Novosibirsk viloyati, Omsk viloyati, Tomsk viloyati) hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda Novosibirsk shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: + 7 (383) 246-04-85; + 7 (383) 246-04-63, + 7 (383) 246-04-64; + 7 (383) 246-04-84.
Avvalroq Prezident ko`rsatmasiga binoan yong`in sabablarini o`rganish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzilgani haqida xabar berilgandi.