AsosiyJamiyat

TIV O`zbekiston fuqarolari va xorijda bo`lib turgan hamyurtlarimizni ogohlantiradi

'TIV O`zbekiston fuqarolari va xorijda bo`lib turgan hamyurtlarimizni ogohlantiradi'ning rasmi

O`zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi bergan ma`lumotga ko`ra Xitoy rasmiy idoralari Uxan shahrida (Xubey provinsiyasi) tarqala boshlagan pnevmoniya virusining (koronavirusning) yangi shaklidan 2020 yil 20 yanvar holatida jami 4 kishining vafot etganini xabar qilgan, deya ma`lum qilmoqda TIV. 

Xitoyning mas`ul idoralari Uxan shahrida 136 nafar yangi kasallanish holatini aniqlagan. Pekin va Shenchjen shaharlarida bemorlarning aniqlangani ilk bor tasdiqlandi. Xitoyning Gonkong maxsus ma`muriy hududida ham 90 dan ortiq kasallanish holati ro`yxatga olingan.

Yangi koronavirusni yuqtirganlar Tailand, Yaponiya va boshqa davlatlarda ham aniqlangan, Vetnam va Singapurda ayrim bemorlarning ushbu virus bilan kasallanganligi gumon qilingan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti xorijdagi bo`lib turgan yoki chet elga, xususan Xitoyga borishni rejalashtirayotgan vatandoshlarimizni zaruriy ehtiyot choralarini ko`rishga chaqiradi va Xitoy hududidagi O`zbekiston fuqarolariga zarurat tug`ilgan holatlarda mamlakatimizning Pekin shahridagi Elchixonasiga (Xitoy, Mo`g`uliston, Shimoliy Koreya va Filippin) +8610-6532-6305 telefon raqami orqali hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga (Shanxay shahri, Anhuy, Fuszyan, Hunan, Szyansi, Szyansu, Chjeszyan provinsiyalari)+8621-6307-1896 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar