Pekin “Xitoy yangi yili bayrami”ni nishonlash bilan bog`liq shodiyona tadbirlari o`tkazilishini bekor qildi, deya xabr berdi O`zA “Reuters” agentligiga asoslanib.
“Yangi yil bayramining yirik tadbirlari, jumladan ibodatxonalardagi marosimlar o`tkazilishi ham bekor qilinadi”, deyiladi Pekin hukumati tomonidan e`lon qilingan ma`lumotda.
Eslatib o`tamiz, Xitoyda tarqalgan xavfli virus ayni paytda butun dunyoga xavf solish arafasida turibdi. Kasallik tobora dunyo mamlakatlariga tez tarqalib ulgurmoqda. Kasallik o`chog`i bo`lgan Uxan shahri yopildi. U erda 30dan ortiq o`zbekistonliklar qolmoqda.
O`zbekiston TIV koronavirus tufayli Xitoyga borishni rejalashtirayotgan o`zbekistonliklarni yana bir bor ehtiyot choralarini ko`rishga chaqirgan. Vazirlik avval ham bu haqda fuqarolarni ehtiyotkor bo`lishni so`ragan. SSV esa Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazoratni kuchaytirgan, keyinchalik O`zbekistonliklarning koronavirus bo`yicha epidemik vaziyatdan xavotirlanishiga asos yo`qligini bildirgan.
Shuningdek, O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi Xitoyning Uxan shahrida Osiyo-Okeaniya mintaqalari uchun boks bo`yicha 3—14 fevral kunlari bo`lib o`tadigan Tokio olimpiadasi musobaqasi bekor qilinganini ma`lum qilgan.