AsosiyJamiyat

Boshqarmadan murdasi chiqqan chiroqchilik ishi: Ikki nafar xodim qamoqqa olindi, viloyat IIB boshlig`i ishdan ketdi

'Boshqarmadan murdasi chiqqan chiroqchilik ishi: Ikki nafar xodim qamoqqa olindi, viloyat IIB boshlig`i ishdan ketdi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Qashqadaryo viloyati IIB binosida Chiroqchi tumanida yashovchi 32 yoshli erkak A.Yu.ning tuman IIB xodimlari tomonidan olib ketilgani va boshqarma binosidan murdasi chiqqani yuzasidan brifing bo`lib o`tmoqda.

Mazkur voqea yuzasidan berilgan ma`lumotlarga ko`ra, 23 yanvar kuni tuman prokuraturasi tomonidan JK 206-moddasi 1 qismi bilan jinoyat ishi ochilib, ayblanuvchi tariqasida ikki nafar IIB xodimi qamoqqa olingan.

Hozirda tergov harakatlari va IIB xodimlarining harkatlariga ustidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Shuningdek, marhumning o`limi sababini aniqlash uchun sud-ekspertizasi tayinlangan. Barchasi tergov davomida aniq bo`ladi va qonuniy qaror chiqariladi, deya ma`lum qildi viloyat prokuraturasi xodimi.

IIV matbuot xizmati rahbari Sh.G`iyosovning qayd etishicha, 23 yanvar kuni viloyat IIBda mazkur voqea yuzasidan matbuot anjuman bo`lgan. Biroq, tergov siri va huquqiy tomonlama ish hali to`liq o`rganib chiqilmagani uchun tafsilotlar oshkor qilinmagan. Tez fursatda hodichsa intenetda turli izohlar orqali shov-shuv bo`lib ketganiga to`xtalar ekan, “Voqea haqida dastlabki xabarni bermaganimiz bu bizning aybimiz", — deydi Shohruh G`iyosov.

Shuningdek, ma`lum qilinishicha, ushbu voqea ortidan viloyat IIB boshlig`ining birinchi o`rinbosari Samad Turdiev ishdan ketgan. Ish bo`yicha qanday qaror chiqqani IIV matbuot kotibiga ma`lum. 

“Ammo, bu qarorni bir haftadan so`ng, vazir xulosasi bilan aytamiz” dedi IIV Matubuot kotibi.

    Boshqa yangiliklar