Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand tumani, "Yangiariq-1" mahallasi hududida maxsus tadbir o`tkazildi.
Tadbir davomida Samarqand shahar, O`zbekiston ko`chasida yashovchi 1972 y.t. M.G., Sh.Sh. ismli shaxsga 2.500.000 so`m pullar evaziga og`irligi 169,41 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani Ichki ishlar bo`limi huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan M.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






