1

“IIB binosida odam o`limi bu yangilik emas” Muhokamalarga sabab bo`lgan gap Matbuot kotibi tomonidan qayta izohlandi

Jamiyat 02.02.2020, 21:51
“IIB binosida odam o`limi bu yangilik emas” Muhokamalarga sabab bo`lgan gap Matbuot kotibi tomonidan qayta izohlandi

Xabaringiz bor, 22 yanvar kuni Chiroqchi tumanida yashovchi 32 yoshli erkak A.Yuning tuman IIB xodimlari tomonidan olib ketilgani va boshqarma binosidan murdasi chiqqani yuzasidan 30 yanvar kuni brifing bo`lib o`tdi. 

Unda IIV Matbuot kotibi Sh.G`iyosov ishtirok etib, holat yuzasidan munosabat bildirgan edi. Jumladan, “IIB binosida odam o`limi bu yangilik emas. Bu holat ilgari ham bo`lgan. Shu va shunga o`xshash holatlar ortidan 2019 yilda 133 nafar xodimga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan”,degan edi u.

Shundan so`ng ushbu fikrlar jamoatchilik tomonidan keng muhokamaga sabab bo`ldi. Ayni paytda IIV Matbuot kotibi yuqoridagi o`zi tomonidan aytilgan so`zlarga izoh bildirdi:

“Shuni aytish joizki, ilgari nafaqat ichki ishlar organlari, balki boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari o`z faoliyati yoki jinoyat ishlari bo`yicha jamoatchilikka hech qanday ma`lumot berishmagan. Fuqarolarimizga axborot berish amaliyoti endi shakllanmoqda. Biz matbuot kotiblari sifatida bunga e`tibor qaratyapmiz. Mazkur brifing ham oxirgi yillarda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ochiqlik siyosatining yaqqol namunasidir.

Brifingda fuqarolarimizga etkazilmoqchi bo`lgan asosiy ma`lumot - bu ichki ishlar organlari binosida odam vafot etishi bilan bog`liq fakt, har qanday vaziyatda favqulotda holat deb qaralishi, bunday vaziyatda zudlik bilan alohida ishchi guruh tuzilib, ish jarayonlari to`liq o`rganilishi va ushbu holatni kelib chiqish sabab va sharoitlari bartaraf etilishi, aybdor xodimlar va rahbarlar esa munosib jazolanishi muqarrarligi edi. Aynan Qashqadaryoda biz ushbu maqsadga erishdik deb o`ylayman.

Brifing boshidan yakunigacha jurnalist va fuqarolar bilan oshkora, samimiy ruhda o`tganligi, ichki ishlar organlari o`zining axborot xizmati vakillari orqali fuqarolarga ochiqligini namoyish qilganligi, jurnalistlar va fuqarolarning ko`plab savollari va muammolari joyida hal etilganligiga e`tibor qaratish zarur, degan fikrdaman.

Ishonamanki, fuqarolarimizga axborot etkazish faoliyatidagi kamchiliklarimizni bartaraf etishda jamoatchilikning sog`lom tanqidini doim inobatga olamiz. Deputatlarimizning ham bu masalaga e`tibor berishlari hurmatga sazovor bo`lib, o`ylaymanki, birgalikda xalqimiz oldidagi vazifalarimizni bajarishda bir-birimizga ko`makdosh bo`lamiz”, degan Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Sh.G`iyosov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1