6 fevral kuni soat 03:30 larda Yashnobod tumani 6-sonli Ichki ishlar bo`limiga uchinchi bosqichga xizmatga jalb etilgan safdor Zoxid To`xtaev va safdor Baxodir Umarovlar taqiqlangan dori sotuvchilarini qo`lga tushirdi.
Xususan Yashnobod tumani Farg`ona yo`li ko`chasida ikki noma`lum shaxs «Matiz» rusumli avtoulovga qo`llaridagi qutilarni joylayotgan vaqtlarida PPX xodimlarini ko`rib o`z harakatlari bilan shubha uyg`otadi. Xodimlar mashina oldiga borib, tekshirmoqchi bo`lganlarida ushbu shaxslar voqea joyidan qochib ketishga urinadi. Lekin tezkorlik natijasida avtomashina ushlanib, 6-sonli IIBga olib borildi.
Mazkur shaxslar Bektemir tumani «Bilolnazim» ko`chasida doimiy ro`yxatda turuvchi 1991 yilda tug`ilgan Rahim I. hamda Yashnobod tumani Umid maxallasida doimiy ro`yxatda turgan 1995 yilda tug`ilgan Hamid X.lar ekanligi aniqlandi. Avtoulovning orqa yuk xonasi xolislar ishtirokida tekshirilganda unda taqiqlangan dori vositalari: 505 dona Tropikamid, 60 dona Regapen, 9 dona Fanigan, 4.635.000 so`m pul va 30 AQSh dollari borligi aniqlangan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.