1

Ichki ishlar vaziri “Chiroqchi voqeasi” ortidan 4 kishini lavozimidan oldi, 2 nafar xodim tizimdan chetlashtirildi

Jamiyat 09.03.2020, 07:40
Ichki ishlar vaziri “Chiroqchi voqeasi” ortidan 4 kishini lavozimidan oldi, 2 nafar xodim tizimdan chetlashtirildi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po`lat Bobojonov ishtirokida tanqidiy ruxda yig`ilish bo`lib o`tdi, deya xabar qildi Qashqadaryo viloyati IIB.

Unda Qashqadaryo viloyati IIB Chiroqchi tuman IIO FMB boshlig`i F.Yusupov, Yoshlar masalalari bo`yicha o`rinbosari N.Qobilov, Tarbiyaviy ishlar bo`yicha o`rinbosari N.Ismatov, Tergov bo`yicha o`rinbosari D.Rasulov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek, tuman IIB boshlig`ining 1-o`rinbosari Yu.Mingnorov, 4-sonli IIO FMB katta profilaktika inspektori Sh.Raxmonov IIOlari safidan chetlashtirildi.

Eslatib o`tamiz, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi 32 yoshli erkak A.Yu. 22 yanvar, chorshanba kuni yashash uyidan mol o`g`rilaganlikda gumon qilinib, tuman IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan va 23 yanvar kuni esa IIBdan uning murdasi chiqqan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1