“Aeroflot“ aviakompaniyasi bugun maxsus reys bilan yana 188 nafar rossiyalikni Toshkentdan Moskvaga olib ketdi, deb ma`lum qildi RIA novosti RF elchixonasi matbuot xizmati xabariga tayanib.O`zbekiston hukumati koronavirus tarqalishi tahdidi tufayli 16 martdan boshqa mamlakatlar bilan transport aloqalarini to`xtatdi. Xorijlik fuqarolar uchun charter reyslar tashkil etilmoqda, deyiladi mazkur xabarda.
O`tgan seshanba va chorshanba kunlari ham Uzbekistan airways va “Aeroflot“ samolyotlari charter reyslari bilan 500 dan ziyod rossiyalikni Toshkentdan Moskvaga eltib qo`ydi.
“Aeroflot“ning ikkinchi maxsus reysi” 19 mart kuni 5,30 da Toshkentdan Sheremetevoga uchib ketdi. Samolyot bortida 188 nafar Rossiya fuqarolari bor“, — dedi elchixona vakili. Uning aytishicha, hozirda rossiyalik fuqarolarni O`zbekistondan olib ketish uchun “Aeroflot“ ning 20-21 mart kunlari amalga oshiradigan reyslari kelishib olinmoqda.
O`tgan dushanbada Rossiyaning O`zbekistondagi elchixonasi charter reyslar amalga oshirilayotgani, buning uchun vatanga qaytishni istagan rossiyaliklarning ro`yxati tuzilayotgani haqida xabar tarqatgan edi. Elchixona matbuot xizmatidan ma`lum qilinishicha, chorshanba kuni kechgacha mingga yaqin rossiyalik uyiga qaytishini ma`lum qilgan. Ayni paytda rossiyaliklarni Toshkentdan olib ketish uchun maxsus reyslarni Rossiya aviakompaniyalari orasida faqat “Aeroflot“ shakllantirmoqda.