AsosiyJamiyat

Talabalarga o`qish qachon boshlanadi?

'Talabalarga o`qish qachon boshlanadi?'ning rasmi

AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari Uzoqboy Begimqulov ishtirokida brifing tashkil etildi. Brifing "O`zReport" telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatildi. Unda OAV vakillari va aholi onlayn tarzda savol berish imkoniyatiga ega bo`lishdi. Jumladan bugungi kunda talabalar karantinda bo`lgani sababli ko`pchilik asosan o`qish qachon boshlanishi, kontrakt va stipendiya yuzasidan savollar bilan murojaat qilishdi. Savollarga mutasaddilar atroflicha javob berdi. Brifing bo`yicha ma`lumotlarni koronavirus.info kanali muntazam berib bordi.

Savol: Talabalarga o`qish qachon boshlanadi?  

Talabalarga o`qish bugungi kundagi koronavirus infeksiyasi xavfi pasayib, dars o`tish va jamoviy tadbirlarni o`tkazishga doir xavf-xatarlar bartaraf etilganidan keyin boshlanadi.  

Bu jarayon albatta ommaviy axborot vositalari orqali tegishli vazirlik va idoralar tomonidan e`lon qilinadi.

@koronavirusinfouz

#vahimasizkarantin

#karantinbezpaniki

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar