AsosiyJamiyat

Karantin qoidalariga rioya etmaslik uchun jazo choralarini kuchaytirishga qaratilgan Qonun ma`qullandi

'Karantin qoidalariga rioya etmaslik uchun jazo choralarini kuchaytirishga qaratilgan Qonun ma`qullandi'ning rasmi

AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda Bosh prokuror o`rinbosari Erkin Yo`ldoshev ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda karantin talablarini buzganlik uchun belgilangan yangi chora-tadbirlar haqida bayonot berildi.

Bayonotdan parcha:

— Kuni kecha bo`lib o`tgan Senat yalpi majlisida karantin qoidalariga rioya etmaslik uchun jazo choralarini kuchaytirishga qaratilgan Qonun ma`qullandi.

❗️Endilikda karantin qoidalarini buzganlik uchun ma`muriy jarima miqdori fuqarolar uchun — 6 690 000 so`mgacha, mansabdor shaxslar uchun — 11 150 000 so`mgacha oshirildi.

❗️Jinoiy jazo ham kuchaytirilib, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

❗️Karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumotlarni tarqatish, aholi orasida vahima chiqarish uchun ham — jinoiy javobgarlik belgilandi.

@koronavirusinfouz

#vahimasizkarantin

#karantinbezpaniki

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar