AsosiyJamiyat

Infeksiya aniqlanganlar soni 12 taga oshdi

'Infeksiya aniqlanganlar soni 12 taga oshdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining bergan ma`lumotiga ko`ra, ayni vaqtgacha O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 310 nafarni tashkil etmoqda.

Oxirgi tasdiqlanganlarning ham barchasi stasionar sharoitida karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Eslatib o`tamiz, bunga qadar O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 298 nafarni tashkil etgan edi.

27 mart kuni koronavirus bilan kasallangan namanganlik 72 yoshli ayol vafot etdi.

28 mart kuni esa 1 nafar bemor (erkak)da o`lim holati qayd etildi.

Bugungi kungacha esa 25 nafar bemor butunlay tuzalgan, 19 nafar bemorda pnevmoniya klinik belgilari bor, biroq  farg`onalik bemorning ahvoli og`irligicha qolmoqda.

Jiddiy karantin choralari belgilanganiga qaramasdan nega zararlanish holati oshib borayotgani to`g`risida Nurmat Otabekov izoh bergan edi.

 

    Boshqa yangiliklar