AsosiyJamiyat

24 aprel soat 6:30: O`zbekistondagi epidemiologik vaziyatga oid so`nggi yangiliklar

'24 aprel soat 6:30: O`zbekistondagi epidemiologik vaziyatga oid so`nggi yangiliklar'ning rasmi

Ayni paytga qadar O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1758 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha, 23 aprelda 111 kishi to`la sog`ayib, reabilitasiyaga o`tkazildi, jami tuzalganlar 561 nafarga etdi. Shundan 300 nafari oxirgi uch kunga to`g`ri keladi.

Shuningdek, hozirgacha ushbu kasallikdan vafot etganlar 7 nafar bo`ldi va yana Toshkentda 3 nafar bemorning ahvoli o`ta og`irligi ma`lum qilindi.

Toshkentdagi 5 ta shifoxonada koronavirus aniqlangani uchun karantinga yopilgan.

Pandemiyaning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun grantlar jalb qilish choralari belgilandi.

Virus aniqlangan keyin o`tgan 40 kun ichida 210 mingdan ortiq kishi koronavirusga tekshirildi. Hozirda kuniga o`rtacha 10 ming kishidan test olinmoqda.

Maxsus komissiya karantinni tugatish ustida ishlamoqda, vaziyat yaqin orada oydinlashadi. 

Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning ma`lum qilishicha, o`rta ahvoldagi bemorlarning har birini davolashga 32 mln so`mdan, jonlantirish bo`limidagi bemorlar uchun 64 mln so`mdan sarflanmoqda.

"Mehr-shafqat va salomatlik" jamg`armasiga 71 mlrd so`mdan ortiq pul yig`ildi. 

Ziroat Mirziyoeva raisligidagi fond muhtoj ayollar uchun 5 mlrd so`m yo`naltirdi.

Alisher Usmonov $20 mln.ga qo`shimcha yana 5 mln dollar ajratgan.

Toshkentda PPX mashinasida o`g`il chaqaloq dunyoga keldi va unga yordam qilgan PPX xodimlari mukofotlandi

 

Boshqa yangiliklar