Tabiiy ofat oqibatida Lyuchjou shahrida 7 mingdan ortiq aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan. Rasmiylar qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgani hamda transport harakatida uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma'lum qildi.
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, zilzila natijasida ikki kishi halok bo'lgan, bir kishi bedarak yo'qolgan. Yana to'rt nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan bo'lib, ularning hayotiga xavf yo'q.
Zilzila vaqtida 13 ta bino qulab tushgan.
Shu bilan birga, davlat OAVlari zarar ko'rgan hududlarda aloqa, elektr, suv va gaz ta'minoti, shuningdek, transport harakati odatiy rejimda ishlayotganini xabar qildi.
Ma'lumot uchun, Xitoyda bundan avvalgi kuchli zilzila 2025 yil yanvar oyida Tibet avtonom hududida kuzatilgan edi. O'shanda 6,8 magnitudali yer silkinishi oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo'lgan.






