"Keksalarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida" Hukumat qarori (340-son, 28.05.2020 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan har yili 1 noyabrdan 30 noyabrgacha "Keksalar uchun turizm oyligi" deb e`lon qilindi.
"Keksalar uchun turizm oyligi" doirasida hududlardagi turizm infratuzilma ob`ektlari tomonidan ixtiyoriy taqdim qilinadigan chegirma va aksiyalar to`g`risida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining veb-sahifalarida e`lon qilib boriladi.
Har yili 1 oktyabrga qadar I guruh nogironligi bo`lgan sayohat qiluvchi keksalar ro`yxati shakllantiriladi va ular uchun "Sayohat barcha uchun!" xayriya sayohati loyihasi doirasida mamlakat bo`ylab yiliga bir marotabadan ko`p bo`lmagan sayohat tashkil qilinadi.
Shuningdek, mahalliy byudjet va uning orttirib bajarilgan qismidan o`zgalar parvarishiga muhtoj va yolg`iz keksalarning turar joylari ta`mirlanadi.
Qaror bilan Keksalarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.