AsosiyJamiyat

Iqtisodiyot mutaxassisliklari bo`yicha o`qiydigan talabalar o`qishini Bank-moliya akademiyasiga ko`chirishi mumkin

'Iqtisodiyot mutaxassisliklari bo`yicha o`qiydigan talabalar o`qishini Bank-moliya akademiyasiga ko`chirishi mumkin'ning rasmi

“2020–2025 yillarda O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida” Hukumat qarori (365-son, 08.06.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan 2020–2025 yillarda Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasi hamda ushbu konsepsiyani amalga oshirish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.  

Qarorga ko`ra, Akademiya O`zbekistonning bank va moliya sohasi uchun bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha yuqori malakali mutaxassislarni hamda rahbar kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha tayanch oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi.

Akademiyaning bakalavriat va magistraturasida:

davlat granti mablag`lari hisobidan – faqat davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari xodimlari;  

Akademiya Kengashi tomonidan tasdiqlangan kvota bo`yicha to`lov-kontrakt asosida – O`zbekiston rezidentlari va norezidentlar ta`lim oladi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 sentyabrga qadar tanlov o`tkazish orqali boshqa oliy ta`lim muassasalarining iqtisodiyot mutaxassisliklari bo`yicha bakalavriat yo`nalishining 3-kursidagi iqtidorli talabalari o`qishi Akademiyaga ko`chiriladi.  

2021 yil 1 sentyabrga qadar ilmiy maqolalar mualliflarining ishlarini moliyalashtirish maqsadida Ilmiy tadqiqotlarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tashkil qilinadi.

Shuningdek, 2022 yil 1 sentyabrga qadar Akademiya Kengashi tomonidan belgilanadigan tartibda bakalavriat dasturlari bo`yicha o`qishga qabul qilish tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar