1

Toshkentdagi «Archa-ko`cha»da yuz bergan pichoqbozlik ishtirokchisi janjal tafsilotlarini aytib berdi (video)

Jinoyat 12.06.2020, 20:56
Toshkentdagi «Archa-ko`cha»da yuz bergan pichoqbozlik ishtirokchisi janjal tafsilotlarini aytib berdi (video)

Toshkentdagi kichik halqa yo`lining Shayxontohur tumanidan o`tgan, xalq orasida «Archa-ko`cha» nomi bilan tanilgan qismida 5 iyun kuni bir guruh yoshlar o`rtasida janjal va pichoqbozlik yuz berishi oqibatida bir yigit vafot etgani va bu janjal nimadan kelib chiqqani, pichoqbozlikka aloqador bir necha shaxslar qo`lga olingani hamda bu janjalda ishtirok etgan yana bir yigitning ahvoli og`irlashgani haqida xabar berilgandi. Pichoqbozlik ishtirokchilaridan biri voqea tafsilotlarini aytib berdi.

Voqea ishtirokchisi — 23 yoshli Husan Jinoyat kodeksining 277-moddasi, shuningdek, qasddan badanga engil jarohat etkazgani uchun 109-moddasi bilan bezorilikda ayblanib, sudlangan. Bosh prokuratura rasmiy kanali bu haqida videolavha havola qildi. 

Videoda ishtirokchilardan biri voqea tafsilotlarini gapirib bergan. Husanning so`zlariga ko`ra, uning do`sti Doston (gumonlanuvchi) sherigi Bobur bilan dorixona masalasida oldi-berdisi borligini aytgan. Ular Chilonzor tumanidagi «Sport buyumlari» do`koni yaqinidagi xo`jalik mollari do`koniga borib, bita sotib olgan. Shundan keyin ular «Chilonzor» savdo majmuasiga borib, ikkita pichoq xarid qilgan.

Shundan so`ng ular taksida Ko`kchaga, Boburning uyiga borgan. Keyin esa ular birgalikda «Archa-ko`cha»dagi Muzaffar ismli tanishlarining uyiga borgan. U erda Doston va vafot etgan yigit Mehroj janjallashib qolgan.

Husanning aytishicha, u ikki yigitni ajratish uchun borganda Mehroj uning yuziga urgan. Husan o`zini yo`qotib qo`ygan, Doston va Mehroj esa bir-birini quvib ketgan.

Shundan keyin Husan o`zini himoya qilish uchun mashinadagi bitani qo`liga olgan. Janjallashayotgan ikki guruh katta ko`chaga chiqqan. Husan Mehrojning chap elkasiga va qo`liga urgan. Zarba natijasida Mehrojning qo`lidagi pichoq tushib ketgan, Husan pichoqni olib, u bilan boshqa bir yigitning qo`liga zarba bergan.

Uning aytishicha, janjal davomida Mehroj va Doston bir-biriga pichoq urgan.

Ayni paytda mazkur jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasining O`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish bo`limi tomonidan olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1