AsosiyDunyo

Xorvatiya prezidenti ham Moskvadagi paradda ishtirok etmaydi. Uning samolyoti buzilib qolgan

'Xorvatiya prezidenti ham Moskvadagi paradda ishtirok etmaydi. Uning samolyoti buzilib qolgan'ning rasmi

Xorvatiya Prezidenti Milanovich ham 24 iyun kuni Moskvada bo`lib o`tadigan G`alaba paradiga bormaydigan bo`ldi. Bunga diplomati korpus vakillari hukumat rahbarini olib yuradigan samolyot buzilib qolganini sabab qilib ko`rsatishmoqda

Shunday qilib, har xil sabablar bilan fikrini o`zgartirgan rahbarlar uch kishiga etdi. Bular Armaniston bosh vaziri, Turkmaniston va Xorvatiya davlat rahbarlaridir.

Eslatib o`tamiz, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari ham Moskvada bo`ladigan G`alaba paradida ishtirok etolmasligini ma`lum qilgan edi.

Moskvadagi paradda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etishi  kutilmoqda. Shuningdek, tadbirda o`zbek harbiylari ham ishtirok etishi ma`lum qilingan. 
 

 

    Boshqa yangiliklar