1

Qozog`iston chegarasida qolib ketgan o`zbekistonliklar qanday sharoitda yashagan? (Video)

Jamiyat 12.07.2020, 19:12
Qozog`iston chegarasida qolib ketgan o`zbekistonliklar qanday sharoitda yashagan? (Video)

May-iyun oylarida Qozog`iston—O`zbekiston chegarasida qolib ketgan o`zbekistonliklar haqida xabar berilgan edi. Ular chegara punktida O`zbekiston fuqarolarini o`tkazish bo`yicha yo`lak yaratishni talab qilishayotgandi. Ularning bir qismi o`sha vaqtda maxsus avtobuslarda olib kelingandi.

O`zbekiston Prezidentining topshirig`i bilan Respublika maxsus komissiyasi, DXX Chegara qo`shinlari va O`zbekistonning Qozog`istondagi diplomatik vakolatxonalarining birgalikdagi sa`y-harakatlari natijasida 8 iyul kuni fuqarolarning chegaradan erkin o`tishiga to`sqinlik qiluvchi barcha texnik va tashkiliy masalalar hal qilindi.

Foto: Tengrinews

Ma`lumotlarga ko`ra, 8 iyul kuni kechqurun va 9 iyul kuni «Jibek joli»—«G`ishtko`prik» nazorat-o`tkazish punktidan 3746 nafar fuqaro o`tkazilgan.

Ta`kidlash kerakki, ikki davlat chegarasidagi hududda to`planib, yurtga kirishga ruxsat berilishini kutayotgan o`zbekistonliklar murakkab sharoitda bir necha vaqt yashashlariga to`g`ri kelgan. Ular chegara punktida joriy etilgan to`siqlar olib tashlanishini xursandchilik bilan kutib olishdi. Video:

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1