Bugun, Qashqadaryoda viloyat hokimi Zoyir Mirzaev ishtirokida jurnalist va blogerlar uchun brifing bo`lib o`tdi. Bu haqda Viloyat hokimligi Matuot xizmati xabar qildi.
Sal avval Qashqadaryoda bir nechta tashkilot rahbarlari koronavirusga chalinib, karantinga olingani haqida xabarlar tarqalgandi va viloyat hokimligi Matbuot xizmati tomonidan mazkur xabarlar rad etilgan edi. Bugungi brifingda viloyat hokimining ma`lumot berishicha, ayni kunga qadar viloyat prokuraturasi, IIB boshqarmasi, viloyat pochta, kadastr, Qarshi va Qamashi tuman hokimliklarida koronavirus bilan chalinish holati kuzatilgan.
Shuningdek, brifingda viloyat rahbari Qashqadaryo tibbiyotining moddiy-texnik bazasi ahvoli qay darajada ekanligi haqida ham ma`lumot berdi.
"O`rganish natijasida 80 ta mashina eskirganligi, 15 ta qo`shimcha mashinaga talab borligi aniqlandi va ushbu maxsus mashinalar 1 avgustgacha olib kelinadi.
Viloyatdagi tibbiyot muassasalardagi holat o`rganib chiqilganda 5 dona PZR apparati, 120 dona sun`iy nafas berish apparati, 30 dona portativ rentgen apparati, 200 dona kislorod konsentratori uskunalariga talab borligi aniqlandi. Respublika komissiyasi yordami bilan markazlashgan holda 2-3 kun ichida ular ham olib kelinadi.
Bugun 60 ta sun`iy nafas berish apparati (SPAP), 4 ta raqamli rentgen apparati, 40 ta kislorod konsentratori, 4 ta jarrohlik so`rgichi (xirurgicheskiy otsos) etib keldi", - dedi Zoyir Mirzaev.
Brifing yakunida viloyat hokimi yana bir bor aholi, sektor rahbarlari, tibbiyot xodimlari, dorixona rahbarlari va viloyatdagi tashkilotlar rahbarlariga murojaat bilan chiqdi.
"Uyda qoling, behuda ko`chaga chiqmang, o`zingizni, oilangizni asrang. Tibbiyot xodimlari tavsiyalariga to`liq rioya qiling, niqobsiz yurmang!
- Viloyatdagi 3262 nafar vrach, 26336 nafar o`rta tibbiyot xodimlari, shundan 4099 nafar patronaj hamshiralarga, jami 31000 nafarga yaqin tibbiyot xodimlariga murojaat qilmoqchiman.
Issig`i chiqqanligi bois uyida yotib qolgan bemorlar Siz xizmat ko`rsatayotgan hududda joylashgan:
Birorta bemorni e`tiborsiz qoldirmang, telefonda bo`lsa ham 2-3 marta so`rab dalda bo`ling.
- Dorixonalar mudirlariga shunday og`ir damlarda xalqimizdan ortiqcha undirishga, dori-darmonlar narxini asossiz oshirmang.
- Esda tuting, siz vaqtida topib bergan dori bir insonni o`limdan olib qolishi yoki yashirsangiz teskarisi bo`lishi mumkin!
- Sektor rahbarlari va mahalla faollari o`z hududi aholisi salomatligi uchun mas`ul bo`lsa, tashkilot va muassasalar rahbarlari ham ishchi-xodimlari salomatligi uchun xuddi shunday mas`ul ekanligini unutmasligi kerak.
- Biz kasallikka qarshi kurashda Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya, Shvesiya tajribalarini o`rganayapmiz hammasini tagida fuqarolarning o`z sog`ligiga nisbatan talabchanligi, qatiy intizom va sabr toqat yotibdi", - dedi Zoyir Mirzaev.






