Chiroqchi TTB tug`riq kompleksida 1998-yilda tug`ilgan Mannora Abduraximova bir yo`la 3 nafar o`g`il farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi rasmiy telegram kanalida xabar qilindi.
Bolalar 2000 gr, 2100 gr. va 2000 gr vazn bilan tug`ildi. Xozirda ona va bolalar etakchi mutaxassislar kuzatuvidalar, deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, chiroqchilik 25 yoshli Durdona Boboqulova ham bir yo`la bir o`g`il va ikki qizli bo`lgan va unga viloyat hokaimining sovg`asi etkazilgan edi.






