AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Rossiya, Germaniya, Turkiya, Xitoydan 75 nafar yuqori malakali shifokor ish olib bormoqda — Prezident

'O`zbekistonda Rossiya, Germaniya, Turkiya, Xitoydan 75 nafar yuqori malakali shifokor ish olib bormoqda — Prezident'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 28 avgust kuni umumiy o`rta ta`lim muassasalarida o`quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. Unda davlat rahbari kasalikka chalinmaslik choralari yuzasidan gapirdi.

«Infeksiyani yuqtirmaslik, avvalo, o`zimizga, o`z sog`lig`imizga bo`lgan e`tiborimizga, oilamizdagi muhitga bog`liq. Agar hamma, butun jamiyatimiz tozalik, tibbiy himoya va ijtimoiy masofa qoidalariga amal qilsa, kasallik ko`paymaydi» —  Shavkat Mirziyoev.

Prezident raisligida o`tkazilayotgan videoselektor yig`ilishida hokimlar, sektor rahbarlari hamda mutasaddi idoralar xodimlari har bir mahallada, jamoat joylari, transport va korxonalarda sanitariya talablari bajarilishi bo`yicha temir intizomni ta`minlashi zarurligi aytib o`tildi.

Koronavirusga chalingan bemorlarni dunyodagi eng ilg`or va ishonchli usullar bilan davolash uchun barcha choralar ko`rilayotgani, jumladan, hozirgi paytda Rossiya, Germaniya, Turkiya, Xitoydan 75 nafar yuqori malakali shifokor yurtimizda ish olib borayotgani ta`kidlandi. 

    Boshqa yangiliklar