AsosiyJamiyat

Toshkenta 3 kun oldin 19 yoshli yigit urib ketgan YPX xodimi vafot etdi

'Toshkenta 3 kun oldin 19 yoshli yigit urib ketgan YPX xodimi vafot etdi'ning rasmi

Bir necha kun avval YPX inspektori katta serjant Salim Umarov Mirobod tumani Shahrisabz ko`chasida xizmat vaqtida YTHga uchragani haqida xabyuar berilgan edi.

Toshkent shaxar IIBBning xabar berishicha, bugun, 4 sentyabr kuni soat 7.00 da Toshkent shahar IIBB YHXB yo`l-patrul xizmati brigadasi 2 bataloni 3-mobil guruhi inspektori katta serjant Umarov Salim Usmonali o`g`li YTH oqibatida olgan jarohatlari tufayli uch kun davom etgan hayot uchun kurashdan so`ng hayotdan ko`z yumdi.

Katta serjantning ortida uch nafar voyaga etmagan farzandlari qoldi. Toshkent shahar IIBB xodimni unutmaydi, uning oilasiga doim yordam ko`rsatiladi.

Toshkent shahar IIBB rahbariyati va shaxsiy tarkibi fidokor xodimning barvaqt o`limi munosabati bilan marhumning yaqinlari va qarindoshlariga chuqur ta`ziya izhor etadi.  

    Boshqa yangiliklar