IIV Matbuot xizmati yana bir IIB xodimining YTH qurboni bo`lgani haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2020 yil 1 sentyabr kuni soat 23:00 larda Pastdarg`om t. IIB profilaktika inspektori R.Boqiev tuman hududidan o`tgan 4R-46 avtomobil yo`lida xizmat o`taetgan vaqtda, xaydovchisi spirtli ichimlik ta`sirida bo`lgan Damas avtomashinasi R.Boqiev va 2 nafar fuqaroni urib yuborgan.
Ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan R.Boqiev vafot etgan.
IIV rahbariyati va shaxsiy tarkibi o`z xizmat vazifasini bajarayotgan xodimning bevaqt o`limi munosabati bilan yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etadi.
Eslatib o`tamiz, Toshkentda ham 2020 yil 1 sentyabr kuni Mirobod tumani Shahrisabz ko`chasida xizmat qilayotgan YPX inspektori katta serjant Salim Umarovni 19 yoshli haydovchi “Lacetti”da urib ketgan va 3 kundan so`ng, 4 sentyabr kuni YPX xodimi vafot etgan edi.






