AsosiyJamiyat

Chiroqchidagi zo`ravon IIB xodimlari qamaldi

'Chiroqchidagi zo`ravon IIB xodimlari qamaldi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida joriy yil boshida fuqaro Ichki ishlar binosida qiynoqqa solinishi natijasida vafot etgani haqida xabar berilgan edi. 

Oliy sud 8 sentyabr kuni, jinoyat ishlari bo`yicha Qashqadaryo viloyat sudi binosida tuman IIB rahbari va xodimlariga nisbatan sud jarayonlari ,boshlangani haqida xabar bergan edik.

Voqea ortidan hibsga olingan quyidagi 5 nafar IIB xodimlari sud hukmini o`qidi: 

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atining 2020 yil 21 sentyabrdagi hukmiga ko`ra,

N. Ovlaev O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 241-1-moddasi (jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish) 2-qismi “a”, “b” bandlari, 234-moddasi (qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish) 1-qismi, 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g`ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo`llash) 3-qismi va 104-moddasi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor aybdor deb topildi. Unga o`tash uchun uzil-kesil 2 yil 6 oy ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

A. Janqabilov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 234-moddasi 1-qismi, 235-moddasi 3-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga o`tash uchun uzil-kesil 2 yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sh. Raxmonov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan aybsiz deb topilib, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasi 3-bandiga asosan oqlandi. Sh. Raxmonovning harakatlari O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 235-moddasi 3-qismidan shu moddaning 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlariga qayta kvalifikasiya qilindi. Sh. Raxmonov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 241-1-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 234-moddasi 1-qismi va 235-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga o`tash uchun uzil-kesil 2 yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

A. Tojinorov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismining “d” bandi bilan aybsiz deb topilib, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasi 3-bandiga asosan oqlandi. A. Tojinorovning harakatlari O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 235-moddasi 3-qismidan shu moddaning 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlariga qayta kvalifikasiya qilindi. A. Tojinorov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 234-moddasi 1-qismi va 235-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga o`tash uchun uzil-kesil 2 yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 5 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

B. G`ayratov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 241-1-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga o`tash uchun uzil-kesil 2 yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Mazkur jinoiy ish bo`yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Eslatib o`tamiz, IIB xodimlari tomonidan urib o`ldirilgani aytilgan 32 yoshli Yusuf Abdurahmonovning turmush o`rtog`i Go`zal Abdieva sud hay`atidan sudlanuvchilar — Nurbek Ovlaev hamda Anvar Jonqobilovlarni kechirib, sud zalidan ozod qilishni so`ragan edi.  

 

    Boshqa yangiliklar