1

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi sud qarori ustidan shikoyat qiladi

Jamiyat 30.10.2020, 19:50
Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi sud qarori ustidan shikoyat qiladi

Sal avval xabar berganimizdek, bugun, 30 oktyabr kuni uzoq davom etib kelayotgan “UzAutoMotors” AJning Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishiga oid 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi shikoyat arizasini ko`rib chiqish bo`yicha o`tkazilayotgan sud jarayoni yakunlandi.

Sud yakuniga ko`ra, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi Maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishi bo`yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarori haqiqiy emas deb topildi va shu tariqa “UzAutoMotors” sudda g`olib keldi. 

Ayni paytda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi matbuot xizmatiga tayanib «Gazeta.uz»ning xabar berishicha, qo`mita sud qarori ustidan shikoyat qiladi.

Eslatib o`tamiz, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan “UZAUTOMOTORS” AJda “Raqobat to`g`risida”gi qonun talablari buzilishi bo`yicha qo`zg`atilgan ish 19 avgust kuni ko`rib chiqilgan edi.

Qo`zg`atilgan ishning ko`rib chiqilishida kompaniyadan biror vakil qatnashmagach,  ish oxirida Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining maxsus komissiyasi “UZAUTOMOTORS” AJ avtomobillar narxini 3 mlndan 19 mln so`mgacha tushirishi kerakligi to`g`risida qaror qabul qilgandi.

Shundan so`ng "UzAvto Motors” AJ Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining qarori ustidan Toshkent shahar ma`muriy sudiga shikoyat kiritgan edi

2 oktyabr kuni Toshkent shahar ma`muriy sudida “UzAutoMotors” AJning Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi maxsus komissiyasining ishiga oid qarorini haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi shikoyat arizasini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni boshlangan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1