Rossiya Federal xavfsizlik xizmati, polisiya va Rosgvardiya tomonidan o`tkazilgan maxsus operasiya doirasida mehnat migrantlarini legallashtirish bilan shug`ullanib kelgan uyushgan jinoiy guruhning sakkiz nafar a`zosi hibsga olindi. Federal xavfsizlik xizmati Moskva shahri va Moskva viloyati boshqarmasining ma`lum qilishicha, hibsga olinganlar Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari hisoblanadi. Ular chet el fuqarolarining Moskva viloyatiga noqonuniy kirishini tashkil qilish uchun soxta hujjatlarni ommaviy ishlab chiqarish va sotish tarmog`ini yaratgan. Jinoiy guruh 2015 yildan beri o`n mingdan ortiq fuqaroni legallashtirishga muvaffaq bo`lgan. Ularga nisbatan Rossiya Federasiyasi JK 322.1-moddasi (Noqonuniy migrasiyani tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. |
04.11.2020 10:09