Bloger Zafarbek Solijonov telegram kanalida Davlat xaridlari portalining ma`lumotiga asosan 2020 yil davomida Bosh prokuratura "UzAuto Motors"dan LACETTI, EQUINOX hamda TRAILBLAZER avtomashinalarini sotib olganligi haqida xabar chiqarildi.
Mazkur xaridlar yuzasidan Bosh prokuratura izoh berdi.
"Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli xarajatlar cheklovlari kiritilishiga qadar Bosh prokuratura tomonidan “UzAutoMotors” AJdan “LACETTI” hamda “EQUINOX” rusumli avtomashinalari sotib olingan.
Biroq, “TRAILBLAZER” rusumli avtomashina xarid qilinmagan.
“EQUINOX” rusumli avtomashina O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining roziligi bilan qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qonun xujjatlari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas`ul bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o`rinbosari (yangi shtat birligi) xizmatda foydalanishi uchun xarid qilingan.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan xizmat avtomashinalari byudjetdan tashqari jamg`arma hisobidan xarid qilingan", deyiladi rasmiy munosabatda.
Eslatib o`tamiz kuni kecha, "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati may oyida 398 mln so`mga TRAILBLAZER LTZ AT avtomobili xarid qilinganiga izoh bergan edi.
Mavzuga doir:
Hokimlar xizmat avtomobillarining maksimal narxi belgilab berilishi kutilmoqda






