AsosiyJamiyat

"Menga qamoq bilan jazo berishingizni xohlamayman". Samarqandda xotiniga majburlab pampers edirgan erkakka nisbatan sud hukmi e`lon qilindi

'"Menga qamoq bilan jazo berishingizni xohlamayman". Samarqandda xotiniga majburlab pampers edirgan erkakka nisbatan sud hukmi e`lon qilindi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, 12 noyabr kuni Samarqand shahrida xotinini ayovsiz kaltaklab, uni pampers eyishga majbur qilgan erkakka nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi ochiq sud jarayonida ko`rib chiqilishi boshlangan edi. Dastlabki sud ishida holat yuzasidan jabrdiyda ayol M.Vahobova va uni doimiy tahqirlab kelgan eri Sh.Kning da`volari eshitilgan. Ikkinchi sud ishida esa, er xotinidan kechirim so`rab yarashishni ilimos qilgan, ammo jabrdiyda ayol eriga qonuniy chora ko`rishlarini so`ragan edi. 

Ma`lum bo`lishicha, jinoyat ishini ko`rib chiqish jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudining yagona ayol sudyasiga topshirilgan.

Kecha, 1 dekabr kuni 20 kun oldin boshlangan sudi ishi yakunlandi, deya xabar bermoqda "Darakchi"ning Samarqand viloyatidagi maxsus muxbiri Ozod Nurmuhamedov. 

Ayblanuvchiga Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi (o`zini o`ldirish darajasiga etkazish), 105-moddasi 2-qismi «g» bandi (o`ta shafqatsizlik bilan badanga qasddan jarohat etkazish) bilan ayblov e`lon qilindi.

Sudlanuvchi Karimov o`zining xikohida bo`lgan turmush o`rtog`i Vaxobovani bir-necha marotaba urib, do`pposlab, uni qiynoqqa solib kelganligi tufayli turmush o`rtog`i o`z joniga suiqasd qilgan. Bundan tashqari sudlanuvchi Karimov o`zining jinoiy harakatlarini davom ettiririb, turmush o`rtog`i o`rtasidagi navbatdagi janjalda uni farzandlari ko`z o`ngida o`ta shavqatsizlik bilan urib, o`rtacha og`irlikdagi tan jarohati etkazgan.  

Sudlanuvchi suddan uzr so`radi. Uch oy ichida ko`zi ochilganini aytib, o`ziga qo`yilayotgan ayblovlardan rafiqasini o`z joniga qasd qilishga olib borish qismini tan olmasligini bildirdi. Kaltaklaganini esa tan oldi.  

"Men to`rt oydan beri o`z xatolarimni bilib oldim, urganimdan pushaymonman. Meni kechirishlaringizni so`rayman, qamok bilan jazo berishingizni xohlamayman, ikki nafar farzandim bor, ota-onamga qarashim kerak. Shuning uchun kechirishlarnigizni so`rayman, boshqa takrorlanmaydi", deydi ayblanuvchi.

Sudda qatnashgan jabrlanuvchi Mustahkam Vahobova sudga bo`lib o`tgan holatlar bo`yicha barcha asoslari borligini aydi. Turmush o`rtog`i tomonidan uzoq yillar davomida turli tazyiqlarga uchrab kelganligi haqida ko`rsatma berdi. Sudga ishonishini, ayblanuvchiga qonuniy jazo berilishini so`radi.  

 "Turmush o`rtog`im ikki bolamni otasi, menga osonmas, bu odamni bu joylarda ko`rish. Aqllari kirib kolgandur, ammo Alloh hammasini insofini bersin — turmush o`rtog`imga, oila azolariga, hammasiga. Men xalqimga, hukumatimga, sudga ishonaman, nima qaror chiqarsangiz ham roziman", deydi jabrdiyda.  

Samarqand shahri prokurori o`rinbosari Umid Hakimov sudda davlat ayblovchisi vazifasida qatnashdi u suddan sudlanuvchiga 8,5 yil qamoq jazosi so`radi.

Sudya Zarifa Ahmedova ayolini tahqirlagan er ishi bo`yicha hukmni e`lon qildi.  

Ayblanuvchiga Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi (o`zini o`ldirish darajasiga etkazish), 105-moddasi 2-qismi «g» bandi (o`ta shafqatsizlik bilan badanga qasddan jarohat etkazish) bilan ayblov e`lon qilindi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudi Sh.K. ni 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish bo`yicha hukm chiqardi. Jazoni o`tash 2020 yil 24 avgustdan boshlab hisoblanadi.

Eslatib o`tamiz, internetda Samarqand shahrida yashovchi Mustahkam ismli ayolning doimiy ravishda turmush o`rtog`i tomonidan kaltaklanib kelishi haqida videolavhalar tarqaldi. Ushbu holat jamoatchilik tomonidan keskin muhokama qilinmoqda. Sal avval ushbu holat o`rganilib, zo`ravon er Toshkentda qo`lga olingani xabar qilingan edi.

Ayni paytda Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati ham vaziyat bo`yicha izoh berdi.

Mavzuga doir:

Samarqandda eri majburlab pampers edirgan va doimiy xo`rlab kelingan ayolni hokimlik yarashtirmoqchi

Samarqandda eri majburlab pampers edirgan va doimiy xo`rlab kelingan ayolni yarashtirilmoqchi ekani rad etildi

 

    Boshqa yangiliklar