1

Bosh prokuratura To`rtko`lda o`ldirib ketilgan keksa ayol va uning nabirasi haqidagi qotillik yuzasida ma`lumot berdi

Jinoyat 07.12.2020, 15:48
Bosh prokuratura To`rtko`lda o`ldirib ketilgan keksa ayol va uning nabirasi haqidagi qotillik yuzasida ma`lumot berdi

Qoraqalpog`istonning To`rtko`l tumanida ayol kishi va uning yosh nabirasi o`ldirib ketilgani haqida xabar berilgan edi. 

 Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i mazkur holat yuzasidan ma`lumot berishicha, To`rtko`l tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

O`tkazilgan tergov harakatlari davomida fuqaro J.S.(1991 y.t., ishsiz) 29 noyabr kuni o`g`irlik qilish maqsadida qirgan xonadonda yashayotgan 79 yoshli ayol va uning nabirasini oshxona pichog`i bilan qasddan o`ldirib, pul va 2 dona uyali telefon apparatini olib ketgani aniqlangan.

Tergovda fuqaro J.S. JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, sudning ajrimi bilan unga “qamoq” ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1