AsosiyJamiyat

Qo`qonda gaz va elektr ta`minotidagi uzilishlardan norozi bo`lib yo`lni to`sgan ayollarga muammo qachon hal bo`lishi tushuntirildi

'Qo`qonda gaz va elektr ta`minotidagi uzilishlardan norozi bo`lib yo`lni to`sgan ayollarga muammo qachon hal bo`lishi tushuntirildi'ning rasmi

Qo`qonda gaz va elektr ta`minotidagi uzilishlar norozi ayollar shahar hokimligi oldidagi yo`lni to`sgani tasvirlangan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

Ushbu videoxabar bo`yicha Qo`qon shahar hokimligi Matbuot xizmati rasmiy bayonot bilan chiqdi. 

Unda ma`lum qilinishicha, Qo`qon shahar hokimligiga 5-"Vaqf chorsu" mahallasidan tabiiy gaz ta`minoti bo`yicha murojaat bilan kelgan fuqarolarning masalasi Qo`qon shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan joyida borib o`rganilgan.  

Fuqarolarga Qo`qon shahri aholisini, shu jumladan, 5-"Vaqf chorsu" hududida yashaydigan fuqarolarni xonadonlarida tabiiy gaz ta`minotini yaxshilash maqsadida yangi gaz taqsimlash stansiyasi barpo etilayotgani va yil oxirigacha foydalanishga topshirilishi tushuntirildi.  

Tez kunlarda ishga tushadigan yangi GTS yuqori bosimli quvurdan to`g`ridan-to`g`ri tabiiy gaz qabul qilish imkonini beradi. Natijada 5-"Vaqf chorsu" mahallasida tabiiy gaz ta`minoti yaxshilanadi.

Mahalla fuqarolari xonadonlarini isitish uchun arzon narxlarda ko`mir va xo`jalik yumushlari uchun suyultirilgan gaz etkazib berilmoqda, bu ishlarning olib borilishi alohida nazoratga olindi.

 

    Boshqa yangiliklar