AsosiyJamiyat

«International Job Organization» XBA ishi bo`yicha sud jarayoni Farg`onada davom etadi

'«International Job Organization» XBA ishi bo`yicha sud jarayoni Farg`onada davom etadi'ning rasmi

«International Job Organization» XBA mutasaddilariga nisbatan jinoyat ishi bo`yicha sud jarayoni Farg`onada davom ettiriladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tumani sudi ish yurituvidagi «International Job Organization» xususiy bandlik agentligi" MChJ mansabdor shaxslari Sh. Abdurahmonov va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi hududlarda davom ettiriladi.

Ushbu jinoyat ishining mazmunan ko`rilishi joriy yil 8 yanvar kuni soat 11.00 da jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyati sudi binosida bo`lib o`tadi.  

Shu munosabat bilan Farg`ona viloyatida istiqomat qiluvchi ushbu jinoyat ishi doirasida jabrlanuvchi va guvoh deb e`tirof etilgan fuqarolarni belgilangan vaqtda yuqorida ko`rsatilgan sud binosiga kelishlari so`raladi.

Avvalroq, «International Job Organization» XBA mutasaddilariga nisbatan jinoyat ishi bo`yicha sud jarayoni Urganchda, Jizzaxda, Samarqandda davom ettirilishi haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar