AsosiyJinoyat

Jizzaxda "uddaburon" elektromontyorning qilmishi fosh etildi

'Jizzaxda "uddaburon"  elektromontyorning qilmishi fosh etildi'ning rasmi

Jizzax shahrida fuqaroning elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi haqidagi dalolatnomani yo`q qilib bermoqchi bo`lgan elektromontyor ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati Darakchi.uzga ma`lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bo`lim elektromontyori M.Ya. fuqaro A.X.ning xonadonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnomani yo`q qilib berish evaziga 1,5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo`lga olingan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda, M.Ya. 2 nafar fuqaroning elektr energiyasidan bo`lgan 7,2 mln so`m qarzdorligini bazadan o`chirib berish evaziga ularning 200 AQSh dollari va 1,4 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.Ya.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar