Ayni paytda Namangan viloyat hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo`lib o`tayotgan xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasida ko`rilgan eng muhim masalalardan biri Namangan viloyati hokimini tayinlash haqida bo`ldi, deya xabar qilmoqda sessiyada ishtirok etayotgan “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
Davlat rahbari viloyat hokimligi mas`ulyati haqida gapirar ekan, bu borada Namanagan viloyatining avvalgi hokimi Xayrullo Bozorov va Buxoro viloyatining marhum hokimi O`ktam Barnoevni namuna qilib ko`rsatdi.
— Xayrulla Bozorovni qo`llab-quvvatlashimni sababi bor: U men aytgan topshiriqlarni muhokama qilib o`tirmasdan bajaradi. Namanganda u tadbirkorlarning ishonchiga kirdi. Hokimga ishondi degani — davlatga ishondi degani. Rahmatli Barnoev ham shunaqa edi: topshiriqlarni vaqtida, aytilganidek, bajarardi. Buxoroni uch yilda kechkin o`zgartirdi, borib ko`ringlar! Ulardek hokimlar kam, -dedi Prezident
Sessiya ishiga doir boshqa yangiliklar:
Alisher Usmonov o`z hisobidan O`zbekistonga 500 ming vaksina olib beradi
Davlat rahbari Toshkentda Prezident universiteti tashkil etilishini ma`lum qildi
Namangan shahar rahbarlarining ishda qolish-qolmasligi bugun Prezidentning ko`radiganlariga bog`liq
Prezident Uychi tumanining 4 ta sektor rahbarini ishdan olish bo`yicha topshiriq berdi