AsosiyJinoyat

Samarqandda er arazlab ketib qolgan xotinini 31 marta pichoqlab o`ldirdi

'Samarqandda er arazlab ketib qolgan xotinini 31 marta pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Samarqandlik erkak arazlab opasinikiga ketib qolgan ayolini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda «Zamon» informasion dasturi xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, er-xotin o`rtasidagi janjalga rashk sabab bo`lgan. Marhumaning akasi aytishicha, uning singlisi erining zo`ravonligidan aziyat chekayotganini aytgan. Ayol ushbu masalada bir necha marta mutasaddilardan ham ko`mak so`ragan.

«22 oktyabr kuni eri tomonidan kaltaklanganidan keyin opasining uyiga qochib kelgan. Eri uning orqasidan kelgan», — deydi ayolning akasi.

Sudlanuvchi o`zi tomonidan sodir etilgan o`ta og`ir jinoyat fosh bo`lishini o`ylab, muqarrar javobgarlikdan qutulish maqsadida qo`lidagi oshxona pichog`i bilan o`z joniga suiqasd qilgan. Biroq hodisa joyiga kelib qolgan guvohlarning yordami bilan hayoti saqlab qolingan.

«2019 yil 25 aprel kuni turmush qurgandik. Rashk tufayli kelishmovchilik chiqqan. Qilgan xatomni angladim», — deydi ayblanuvchi.

Sudda aytilgan ko`rsatmalarga ko`ra, 33 yoshli ayol 39 yoshli sudlanuvchining 3-turmush o`rtog`i hisoblangan. Erkak birinchi xotinidan farzand ko`rmagani uchun, ikkinchi xotinidan ayol Turkiyaga ketib qolgani uchun ajrashgan.

Mazkur holat yuzasidan ayblanuvchi Toyloq tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» bandida nazarda tutilgan jinoyatda aybli deb topilib, 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar